Maxfiylik siyosati
ezze (ezze.uz) · 2026-yil 4-noyabrdan amal qiladi
Bu yerda Instagram (@ezze.uz), Telegram-bot @ezzeuz_bot orqali yozganingizda yoki saytda buyurtma berganingizda qanday maʼlumotlarni olishimiz va ular bilan nima qilishimiz yozilgan.
Qanday maʼlumotlarni olamiz
- Instagramdan: ismingiz va foydalanuvchi nomingiz (username), profilingizning xizmat raqami hamda bizga yozgan xabarlaringiz va izohlaringiz matni.
- Telegramdan: ism, foydalanuvchi nomi, chat raqami va botga yozilgan xabarlar matni; telefon raqami — faqat oʻzingiz «Raqamni ulashish»ni bossangiz.
- Saytda buyurtma berishda: shaklga kiritgan ismingiz, telefoningiz va tashkilot nomi.
Nima uchun
Savolingizga javob berish, buyurtmani rasmiylashtirish va bajarish, dastur kalitini berish hamda shu buyurtma boʻyicha siz bilan bogʻlanish uchun. Bu maʼlumotlar boʻyicha reklama tarqatmaymiz va maʼlumotlarni sotmaymiz.
AI yordamidagi javoblar
Xabarlarning bir qismiga AI asosidagi yordamchi javob beradi. Buning uchun yozishma matni (telefon va toʻlov maʼlumotlarisiz) faqat javob tuzish uchun Anthropic kompaniyasiga (Claude modeli) yuboriladi. Murakkab savollarni yordamchi xodimimizga uzatadi.
Qayerda va qancha saqlaymiz
Maʼlumotlar bizning serverimizda (ijaraga olingan VPS) saqlanadi va faqat ezze uchun ochiq. Uchinchi shaxslarga bermaymiz — yuqorida yozilgan AI-provayder matnni qayta ishlashi va qonun talab qilgan hollar bundan mustasno.
Yozishmalarni oxirgi xabardan 12 oygacha, buyurtma maʼlumotlarini — dastur litsenziyasi amal qilguncha va qonun talab qilgancha saqlaymiz. Keyin oʻchiramiz.
Sizning huquqlaringiz
Siz haqingizda qanday maʼlumotlar borligini bilishingiz, ularni tuzatishingiz yoki oʻchirishni soʻrashingiz mumkin. Qanday qilish — «Maʼlumotlarni oʻchirish» sahifasida. ezze.uz/data-deletion
Kontaktlar
Telefon: +998 77 107 00 40 · Telegram: @ezze_uz