Maʼlumotlarni oʻchirish
Instagram, Telegram yoki saytdan olgan maʼlumotlaringizni — ism, foydalanuvchi nomi, yozishmalar, telefon — istalgan vaqtda oʻchirishni soʻrashingiz mumkin.
Qanday oʻchirish mumkin
- Bizga Telegramda yozing yoki qoʻngʻiroq qiling: @ezze_uz · +998 77 107 00 40
- Bizga qayerdan yozganingizni (Instagram, Telegram yoki saytdagi buyurtma) va username, chat raqami yoki buyurtma raqamingizni yozing.
- Yozishmalar va siz haqingizdagi maʼlumotlarni 7 kun ichida oʻchiramiz va tayyor boʻlgach xabar beramiz.
Agar toʻlangan buyurtmangiz boʻlsa, faqat litsenziya ishlashi uchun kerakli va qonun talab qiladigan maʼlumotlarni (buyurtma raqami, summa, sana) saqlaymiz — qolganini oʻchiramiz.
Yozishmani Instagram yoki Telegramda oʻzingizda ham oʻchirishingiz mumkin, lekin bizda u oʻchmaydi — shuning uchun bizga yozing.